Back

ⓘ Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash




                                     

ⓘ Qishloq xojaligini mexanizatsiyalash

Qishloq xojaligini mexanizatsiyalash - qishloq xojaligida insonning jismoniy mehnatini mashina va mexanizmlar bilan bajarish. Qishloq xojaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash ishidagi eng muhim masalalardan biri. Qishloq xojaligining mahsuldorligi seleksiya, kimyolashtirish va boshqa bilan bir qatorda barcha turdagi qishloq xojaligi ishlarini mexanizatsiyalash darajasi bilan belgilanadi. Qishloq xojaligini mexanizatsiyalashni tavsiflovchi asosiy korsatkichlardan biri - mehnatning energiya bilan qurollanishi va texnika bilan kurollanishi darajasidir. Qishloq xojaligim. darajasi mehnatni mexanizatsiyalash bosqichi bilan, yani mexanizatsiyalashgan mehnat salmogining qishloq xojaligi mahsuloti ishlab chiqarishga sarflangan umumiy xarajati bilan baholanadi.

20-asrning 20-yillariga qadar Ozbekiston qishloq xojaligi, asosan, mayda ishlab chiqarish xususiyatiga ega bolib, qishloq xojaligida qol mehnati va oddiy ish qurollari ishlatilgan. 20-yillar ortalaridan qishloq xojaligi asbob-uskunalarini ijaraga beradigan davlat punktlari, 1924 yil "Traktor markazi" tashkil etildi, chet ellardan sotib olingan traktorlar va boshqa texnika vositalari dastlabki jamoa xojaliklari kolxozlarga yetkazib berildi. 1929 yil respublikada 400 dan ortiq traktor, 3611 avtomashina, 3897 plug, 1660 dona otga qoshib ishlatiladigan ekish seyalkasi, 1244 kultivator, 1262 ochar okuchnik, 187 molotilka yanchgich, 87 mingdan ortiq arava, 26 ming brichka tort gildirakli mujik arava va boshqa ishlatildi. 1930 yilga kelib davlat tomonidan jamoa va davlat qishloq xojaligi korxonalariga texnik xizmat korsatadigan, ozining moddiy-texnika resurslari, mexanizator xodimlari, tamirlov va taminot bazasiga ega bolgan mashina-traktor st-yalari MTS tashkil etildi qarang Mashinasozlik sanoati. 1940-yillar boshida respublikada 180 ta MTS ishladi. keyingi yillarda MTSlarning sifat tarkibi ozgardi, u yangi konstruksi-yadagi mashinalar bilan tolatildi. Xojaliklar kuchli quvvatga ega traktorlar, yuqori unumli don kombaynlari, keng va kop qatorli mashinalar mas, paxta terish mashinalari, shuningdek, bir yurishda bir qancha operatsiyalarni bajaradigan mashinalar bilan qurollantirildi. Yer qaziydigan, melioratsiya mashina va qurollari, zamonaviy yuk avtomobil va traktor pritseplari, maxsus avtotransportlar ishlab chiqarish, ularni qishloq xojaligiga yetkazib berish yil sayin kopayib bordi. 1990-yillar boshiga kelib respublika qishloq xojaligida 182 ming traktor, 30.5 ming yuk avtomobili va boshqa qishloq xojaligi mashinalari ishladi. Qishloq xojaligini elektrlashtirish kjsaldi. Chorvachilik va parrandachilikda sanoat tipidagi yirik va ixtisoslashtirilgan fermalar qurilib elektr bilan ishlaydigan mashinalar texnologiyasi joriy qilindi. Elektr energiyasidan sugorishda nasos styalari, chorvachilikda, omborxonalar va sovuqxonalarda va boshqa tarmoqlarda tobora qoproq foydalanilmoqda. Qishloq xojaligida asosiy dala ishlari toliq, ekin qator oralariga ishlov berish, paxta terish kabi ishlar yuqori darajada mexanizatsiyalashtirildi. 2001 - 2005 yillarda respublikaga chet ellardan qishloq xojaligi texnikasi keltirildi, qishloq xojaligi korxonalariga xizmat korsatadigan 184 tuman mashina-traktor parklari MTP va dehqon-fermer va boshqa xojaliklar uyushmalariga qarashli 1007 muqobil mashina-traktor parklari tashkil etildi.

Azimiddin Sirojiddinov.

Users also searched:

qishloq xo'jaligi mashinalari kitobi, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti buxoro filiali,

...
...
...