Back

ⓘ Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi




                                     

ⓘ Qishloq xojaligi meteorologiyasi

Qishloq xojaligi meteorologiyasi - qishloq xojaligi uchun ahamiyatli bolgan iqlim, meteorologik, gidrologik va tuproq sharoitlari bilan qishloq xojaligi ishlab chiqarishi obyektlari va jarayonlari ortasidagi ozaro munosabatlarni aloqadorlikda organuvchi fan. Agroiqlimshunoslik, agrogidrologiya, qishloq xojaligi fenologiyasi agrometeorologik xizmat korsatishni oz ichiga oladi. Qishloq xojaligim. fizika, geogr., biol., tuproqshunoslik va boshqa qishloq xojaligi fanlari bilan chambarchas bogliq. Qishloq xojaligim.ning asosiy vazifalari: qishloq xojaligi ishlab chiqarishidagi meteorologik va iklim sharoitlari shakllanish qonuniyatlarini geografik va vaqt jihatlaridan organish; meteorologik omillarning agrobiotsenozlar rivoji, holati va mahsuldorligiga, qishloq xojaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklarining rivojlanishi va tarqalishiga tasirini tadqiq qilish; iqlim resurslaridan toliq foydalanish maqsadlarida qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirish va ularni parvarish qilishning agrotexnik tadbirlarini agrometeorologik asoslash; agrometeorologik prognoz usullari va tavsiyalar ishlab chiqish; ob-havo va iqlimning noqulay hodisalarini organish va ularga qarshi qurash choralarini ishlab chiqish va boshqa

Qishloq xojaligi ekinlarining rivojlanish sharoiti va hosildorligini belgilovchi tashqi muhitdagi asosiy va ikkinchi darajali omillarning miqdoriy qiymatlarini aniqlash uchun Qishloq xojaligim.da quyidagi tadqiqot usullari qollaniladi: muddatlarni oralatib ekish - ekin muayyan bir punktda har xil muddatlarda 5 - 10 kundan oralatib ekiladi; geografik ekish - muayyan osimlik navlari iqlim sharoitlari turlicha bolgan punktlarda ekiladi; eksperimental dala usuli - dala tajriba maydonlarida osimlikni parvarish qilishning agrometeorologik sharoitlari ozgartiriladi; distansion nokontakt olchash - vertolyot, samolyot va Yer yoldoshlarida ornatilgan asboblar yordamida katta maydonlardagi ekinlar va tuproqning holati aniqlanadi; fitotron usuli - suniy iqlimxonalarda osimliklarning gidrometeorologik omillarning turli kompleksiga reaksiyasini organishga imkon beradi qarang Fitotron; matematik dinamik statistik modellashtirish - matematik apparat yordamida meteorologik omillarning osimliklarning osishi, rivojlanishi va hosildorligiga tasiri organiladi.

Qishloq xojaligim. amaliy fan sifatida 19-asrning 2-yarmida paydo boldi. Orta Osiyoda dastlabki agrometeorologik tadqiqotlar 20-asr boshlaridan olib borildi. 1921 yilda Toshkentda Turkiston meteorologiya instituti Turkmet; hozirgi Gidrometerologiya instituti tashkil etildi. Goza, galla, beda, sabzavot, poliz va boshqa ekin maylonlari, bog, tokzor, yaylovlarning mikroiklimi, radiatsion va issiqlik balansi orga-nildi, ularning shakllanish qonupiyatlari B.A.Ayzenshtat, Ye.A.Lopuxin, I.V.Zuyev, V.V.Karnauxova, F.A.Mominov, B.Ye.Milkis, G.A.Ahmedov, E.A.Ibrohimova, A.I.Kostenko, A.G. Toropova, A.Sh.Jalilov va boshqa olimlarning asarlarida sritib berildi. 60-yillardan boshlab, qishloq xojaligi ishlab chiqarishining yangi talablari asosida qishloq xojaligi ekinlarining holati va ularning hosildorligini hududlar miqyosida baholash va prognozlash metodikasi ishlab chiqildi, qisqa muddatda katta maydonlardagi ekinlarning holati va hosildorligini aviatsiya yordamida fotometrik usul bilan baholash amalga oshirildi. Songgi yillarda qishloq xojaligi ekinlarining biologiyasi, ekologiyasi, biometriyasi asosida "ob-havo - hosildorlik" prognoz modellari tadqiq qilinmoqda.

Users also searched:

iqlim haqida, iqlim turlari,

...
...
...