Back

ⓘ Oʻzbekiston ekologik harakati




                                     

ⓘ Ozbekiston ekologik harakati

Ozbekiston ekologik harakati 2008 yil 2 avgustda tashkil topgan. 2008 yil 20 sentyabrda Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligida royxatdan otgan. Ekoharakat Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida kvotalangan 15 ta deputatlik orniga ega. Ekoharakatning Respublika konferensiyasi, Markaziy Kengash, uning Ijroiya qomitasi, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi uning rahbar organlari hisoblanadi. Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Ozbekiston ekologik harakatining hududiy bolinmalari faoliyat olib bormoqda.

                                     

1. Maqsadi

Ekoharakat - jamiyatning barcha kuchlari, Ozbekistonning bugungi fuqarolari va kelajak avlodlari qulay tabiiy atrof muhitda yashash huquqiga ega bolishlari, aholi salomatligini yaxshilashga, muhofaza qilishga, tabiiy resurslarning barcha manbalaridan samarali foydalanishga yonaltirilgan say’-harakatlarni safarbar qilishga intiladi. "Soglom muhit - inson salomatligi" Ekoharakatning bosh shioridir.

                                     

2. Vazifalari

Ozbekiston ekologik harakatining dasturiy vazifalari:

  • Atrof-muhit muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
  • Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik talim va tarbiya tizimini rivojlantirish;
  • Atrof tabiiy muhit muhofazasi va shu maqsadlarga ajratilgan resurslardan oqilona foydalanish borasida qabul qilingan hujjatlarni ijro etishda markaz va joylarda davlat organlari, jamoatchilik va boshqa tuzilmalar mas’uliyatini oshirish;
  • Atrof tabiiy muhit muhofazasi masalalarida qabul qilingan qonunlar va davlat miqyosidagi boshqa qarorlar ijrosini taminlash hamda bu sohadagi qonunchilikni rivojlantirish va takomillashtirishga komaklashish boyicha tizimli ishlarni yuritish;
  • Atrof-muhit muhofazasi sohasida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish.
  • Atrof-muhit muhofazasi davlat, jamiyat va har bir fuqaroning vazifasi bolishiga erishish;
  • Atrof-muhit muhofazasi va ekologik holatni soglomlashtirish ishida jamoatchilik ishtiroki faolligini har tomonlama kuchaytirish;

Ekoharakat "Jamiyat" ijtimoiy-siyosiy va "Ekohayot" ijtimoiy-iqtisodiy gazetalariga hammuassis hisoblanadi. "Buloqcha" "Rodnichok" bolalar ekologik jurnali ozbek va rus tillarida chop etilmoqda.

Users also searched:

ekologik partiyasi qachon tuzildi, o'zbekiston ekologik partiyasi maqsadi,

...
...
...